Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
JARQO’RG’ON TUMAN DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘I RAXMATILLA SATTAROVNING NOYABR OYI YAKUNI BO‘YICHA HISOBOTI
Tadbirlar / 2022-12-09

      Joriy yilning noyabr oyida Jarq’o’rg’onlik soliq to‘lovchilar tomonidan jami  8 035,4 mln so‘m soliq to‘lanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5 200,5 mln so‘m  yoki 154,5 foizga o‘sishga erishildi.

Jumladan:

 -jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘idan 660,3  mln so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 473,7 mln so‘mga yoki 139,4 foizga;

-jismoniy shaxslar yer solig‘idan 1155,8  mln so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 691,8 mln so‘mga yoki 167,0 foizga o‘sishga erishildi.

      Xabaringiz bor Prezidentimizning «Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish va zamonaviy yondashuvlar asosida mehnat resurslari balansini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq 2022-yil 1-noyabrdan boshlab 10 ta faoliyat turi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritildi va noyabr  oyining o‘zida 711 nafar vohadoshlarimiz o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tdi. Bu o‘tgan oktabr oyiga nisbatan 274 nafarga ko‘pdir.

      Noyabr oyida 49 nafar jismoniy shaxslar YaTT (yakka tartibdagi tadbirkor) sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, tadbirkorlik faoliyatini boshladilar. Shuningdek, faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan hamda tadbirkorlik guvohnomasining amal qilish muddati tugagan 24 nafar YaTTlar qayta davlat ro‘yhatidan o‘tdilar.

      “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarga yaqindan yordam ko‘rsatilib, 114 ga yaqin muammolar ijobiy hal etildi.

Jumladan:

-1 nafar tadbirkorlarga imtiyozli kredit olishda;

-61 nafar tadbirkorlarga dastlabki buxgalteriyasini yuritishda;

-52 nafar tadbirkorlarga Davlat soliq qo‘mitasining avtomatlatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish tartibini o‘rgatishga ko‘maklashildi.

     Xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘tkazilgan bevosita muloqotlar va keng ko‘lamli tushuntirish ishlari natijasida 48 ta korxonada norasmiy ishlayotgan jami 134 nafar fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi.

Jumladan:

- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalaridagi 28 nafar:

- savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlaridagi 34 nafar:

- qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan 29 nafar:

- qurilish korxonalaridagi 43 nafar fuqarolarning faoliyati legallashtirildi va budjetga 28.9 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi.

          Hurmatli soliq to‘lovchilar! Soliqlar davlat g‘aznasining asosiy manbaidir. Yurtimiz istiqboli, vatandoshlarimizning farovon turmushi, mudofaa qudrati, ta’lim va tibbiyot taraqqiyoti bevosita sizu biz to‘layotgan soliqlarga bog‘liqdir. Shu bois soliqlarni to‘lab, ezgu va xayrli ishlarga o‘z hissamizni qo‘shaylik.

 Raxmatilla Sattarov,  Jarqo’rg’on tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i.

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?