Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
JARQO‘RG‘ON TUMAN DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘I ALMARDANOV ANVAR URALOVICHNING OKTABR OYI YAKUNI BO‘YICHA HISOBOTI
Tadbirlar / 2022-11-03

   Barchamizga ma’lumki, davlatimiz, xususan iqtisodiyotimiz rivojida tadbirkorlarning o‘rni beqiyos. Shu bois ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, faoliyatlarini rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish ustuvor vazifalardan biri sanaladi.

         Davlat soliq organlari tomonidan tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish, faoliyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida muntazam tarzda bevosita muloqotlar tashkil etilib, soliq qonunchiligiga oid yangilik va o‘zgarishlar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berib borilmoqda. Jumladan, joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar ishtirokida 6 marotaba seminar va uchrashuvlar tashkil etilib, sohalar kesimida 11 ta davra suhbatlari o‘tkazildi. Shuningdek tadbirkorlik sub’ektlarining ish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarini hal etish maqsadida viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Soliqchi-ko‘makchi” telegram kanaliga yo‘llangan murojaatlarga ko‘ra jami 476 tadbirkorlarning muammolari hal etildi.

   Bundan tashqari yil boshidan bugungi kunga qadar tumanimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning huzuriga borgan holda 2793 ta muammolari o‘rganilib, ushbu muammolarning 1504 tasi soliq organlari xodimlari ko‘magida hal etildi va 1289 ta masala yuzasidan tushuntirishlar berildi. Jumladan 1044 nafar tadbirkorlarga dastlabki buxgalteriyasini yuritishda ko‘maklashilib,  987 nafar tadbirkorlarga “E-imtiyoz”, “E-ijara” hamda “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanish tartiblari tushuntirildi.

   Tadbirkorlar bilan doimiy tarzda olib borilayotgan tushuntirish ishlari natijasida 868 ta korxonada mehnat qilayotgan 1289 nafar fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi.

   Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida 211 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 432 nafar, qurilish korxonalarida 489 nafar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi 157 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va budjetga 1,9 mlrd.so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi

   2022 yilning oktabr oyi davomida viloyatimiz soliq to‘lovchilari tomonidan 8 mlrd 226,2 mln so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 2 mlrd. 17,3 mln. so‘m ortig‘i bilan bajarildi.

    Shu o‘rinda davlatimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligini ta’minlashga safarbar etiladigan soliqlarni o‘z vaqtida to‘layotgan har bir yurtdoshimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib, davlat soliq organlari xodimlari har bir soliq to‘lovchi bilan bevosita muloqotga kirishish, muammolariga ijobiy yechim topish va ularning fikr-mlohazalirini tinglashga tayyor ekanligini bildiramiz. Zero, soliq ma’murchiligini takomillashtirishda soliq to‘lovchilarning fikr-mulohazalari va takliflari ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Anvar ALMARDANOV, Jarqo‘rg‘on tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i.

 

 

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?