Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
O‘QUV AMALIY SEMINAR
Tadbirlar / 2022-08-05

    Bugun Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Porloq yulduzi” mahallasida joylashgan 2-son kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati rahbarligida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi professonal ta’lim muassasalarining direktorlari va moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida “Xizmat ko‘rsatish va mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish” mavzusida o‘tkazilgan hududiy o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarga tajriba almashish maqsadida Qashqadaryo viloyatidagi professional ta’lim muassasalari   hamda  viloyatdagi  barcha tumanlardagi  ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilari tashrif buyurishdi.

    Seminar dasturida Jarqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabida tashkil etilgan pullik xizmatlar va mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishish jarayonida  Issiqxona, Non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish, Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, Baliqchilik va parrandachilik,  pullik xizmatlari tashkil etilganligi bilan tanishishdi.

   Shu bois, Surxondaryo viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish  hududiy boshqarmasi boshlig‘i. R.Salomova,  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati bosh hisobchisi F.Yangiboev,  tuman hokimi B.O‘raqov, tuman prokurori B.Haydarov, Jarqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabi direktori A.Begaliev, Boysun tuman 1-son kasb-hunar maktabi direktori R.Xolmo‘minovalar va viloyatdagi barcha  tumanlardagi  kasb-hunar maktablari, kollej va texnikum direktori o‘rinbosarlari faol  qatnashishdi. Seminar davomida  “Zakovat” o‘yini ham tashkil etildi. Zakovat o‘yini yakunida g‘olib bo‘lgan jamoalarga Jarqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabini budjetdan tashqari ishlab topilgan mablag‘lar hisobidan  pul mukofotlari taqdim etildi. 

     Seminarda Jarqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabi direktori A.Begaliev, hamda Boysun tumani 1-son kasb-hunar maktablari direktorlari xizmat ko‘rsatish va mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha taqdimot qilishdi. Seminar davomida savollar va takliflar bildirib o‘tildi.

Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
6 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?