Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
TABARRUK YOSHLI MOMO
Tadbirlar / 2022-08-04

     3 avgust kuni Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Qoraqursoq" mahallasida umrguzaronlik qilayotgan nuroniy 103 yoshni qarshilayotgan Elmurodova Tursunoy momoning tumandagi Karvon to‘yxonasida shukrona to‘yi hamda nabirasining nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi.

    Unda tumandagi mahalla bo‘limining nuroniylar bo‘yicha o‘rinbosari,  tuman hokimligi vakillari hamda viloyatdan tashrif buyurgan nuroniylar Kengashi raisi senator Orziqul Soatov hamda viloyat Buvijonlar maktabidan Robiyahoji  momolar kelib  Tursunoy momoni to‘y shodiyonasi bilan tabriklab esdalik sovg‘alari va tashakkurnoma bilan taqdirladilar. Tursunoy momo bunday e’tibordan xursand bo‘lib Yurtboshimizga hamda viloyat hokimligi tuman hokimligiga katta rahmatlar aytib, duolar qilib yurtimiz doimo tinch va farovon bo‘lishini tiladi.

Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?