Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
AHOLINI RO‘YXATGA OLISH
Tadbirlar / 2022-08-01

    Bugun Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi binosida 2023-yilda Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha o‘quv-seminari tashkil etildi. Unda  O‘zbekiston Respublikasining "Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida"gi Qonun, “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 2019-yil 5-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655-son Farmoni va "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida''gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida aholi punktlardagi turar joylar va bino inshootlar ro‘yxatini tuzish;

  Mahallalarda registratorlik uchastkalarini tashkil etish;

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tayyorlangan xaritalarini mosligini xatlovdan o‘tkazish;

   Tayyorlangan xaritalardagi uy-joylar va bino inshootlarni xatlovdan o‘tkazuvchi registratorlarni tanlash va ishga jalb qilish;

   Mahalla va qishloq aholi punktlaridagi xonadonlar ro‘yxati va undagi aholi soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish;

    Xonadonlarni raqamlashtirish ishlarini yakuniga yetkazishni tashkillashtirish maqsadida tumanlar (shahar) dan tanlab olingan registratorlarni Davlat statistika qo‘mitasining o‘qitish dasturiga muvofiq joriy yilning 1-3 avgust kunlari o‘quv seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tasdiqlangan o‘quv seminar reja-grafigiga asosan tuman, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari, statistika bo‘limlari va shahar, tumanlarda tashkil etilgan ro‘yxatga olish bo‘limlari tomonidan o‘quv-seminarlarini bo‘lib o‘tmoqda.

 

Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?