Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
QURILISН ISНLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
Tadbirlar / 2022-05-16

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2024 yillarda O‘zbekiston Republikasining ijtimoiy ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi  qaroriga asosan Jarqo‘rg‘on tumanida dasturga kiritilgan ob’ektlarida qurilish-montaj ishlari boshlab yuborildi. Joriy yilda tumanimizdagi 60-sonli umumta’lim maktabiga 140-o‘rinli qo‘shimcha bino qurish hamda maktabni rekonstruksiya qilish, "Oftobqo‘rg‘on" mahallasidagi faoliyat yuritmayotgan 48-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini rekonstruksiya qilish ishlarini dastur asosida amalga oshirish rejalashtirilgan.

   Ayni kunlarda Dasturga kiritilgan 60-sonli umumta’lim maktabiga qo‘shimcha bino qurish ("Absalom Qurilish" MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda) hamda 48-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish ("Zilol Ostona Termiz" MChJ tomonidan) ishlari boshlab yuborildi.

Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?