Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
Tadbirlar / 2022-05-16

   Mahallalar aholisi tomonidan Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga  bo‘lgan murojaatlarini kamaytirish, yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida tuman Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xodimlari tomonidan mahallalarda sayyor qabullar tashkil etilib, ularning muammolari o‘z vaqtida va joyida hal etilmoqda.

   Yaqinda ana shunday sayyor qabullar tumanimizdagi "Oftobqo‘rg‘on” va “Obi hayot "mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etildi. Unda aholi murojaatlarini tinglash bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 oktabrdagi 654-sonli Kam ta’minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida tushunchalar ham berib o‘tildi.

Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?