Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
G‘ALLA O‘RIMI OLDIDAN SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
Tadbirlar / 2022-05-16

   Bugun Jarqo‘rg‘on tumanida joriy yil g‘alla hosilini nest-nobud qilmay o‘rib-yig‘ib olish  bo‘yicha ko‘rgazmali seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov, viloyat IIB boshlig‘i A. Ismoilov, viloyat hokimi o‘rinbosari U. Turopov, tuman hokimi B.O‘raqov hamda tumandagi sektorlar rahbarlari  ishtirok etishdi.

   Shuningdek, seminarda g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumini sifatli o‘tkazish maqsadida o‘rim otryadlari rahbarlari, mexanizatorlar, haydovchilar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda qishloq xo‘jaligiga aloqador barcha mutasaddilar, nuroniylar ishtirok etdilar.

    Tumanda joriy yilda tashkil etilgan 15 ta o‘rim otryadlariga 30 ta o‘rim kombaynlari, 108 ta yuk avtomobili va tashish texnikalari, 5 tako‘chma ustaxona, 5 ta yonilg‘i tashish transportlari, har bir otryadga bittadan ko‘chma dam olish xonalari biriktirilgan bo‘lib, tumanda joriy yilda 20 maydan boshlab cho‘l zonalarda g‘alla o‘rimiga kirishiladi.

  Tumandagi g‘alla klasteri tomonidan o‘rimni sifatli tashkil etish maqsadida kombayn operatorlariga 2 million so‘mdan naqd pul, 1 qop un, 5 litr yog‘, 1 qopdan kartoshka va piyoz, 10 kg. guruch hamda 3 kg.dan go‘sht mahsulotlari topshirildi.

    Joriy yil tumandagi 172 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 8580 gektar maydonda boshoqli don yetishtirildi.  Joriy yilda tumanimizda 26521 tonna g‘alla yetishtirish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 1000 tonnasi urug‘lik bo‘lsa, 20575 tonnasini davlatga sotish, klaster va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga 5946 tonna boshoqli don topshirish mo‘ljallangan.

     Bu yil ham dalalarimizda hosil mo‘l, faqat endilikda uni nest-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish kerak. Bobodehqonlarimizning yetishtirgan hosillari xirmon-xirmon bo‘lib uyulsa, xalqimiz rizqiga baraka ham inadi. Shunday ekan, xirmoningizga baraka aziz g‘allakorlar!

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?