Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
MAHALLA RAIS(OQSOQOL)LARI SAYLOVI BO‘YICНA SEMINARLAR
Tadbirlar / 2022-05-13

   Tumanimizdagi "Hayitobod" mahallasidagi Madaniyat uyida 2-sektordagi mahallalar saylov ishchi guruhlari, 5- sonli Musiqa va sa’nat maktabi zalida 1-sektor hududidagi mahallalari saylov ishchi guruhlari, Tuqimachilik kolleji faollar zalida 3-sektor mahallalari saylov ishchi guruhlari, "Obodguzar" mahallasidagi Biznes va yengil sanoat texnikumi zalida 4-sektor mahalla saylov ishchi guruhlari a’zolari uchun Fuqarolar yig‘inlari  raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi  tuman komissiya a’zolari va Termiz davlat universiteti, viloyat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, tuman adliya va ichki ishlar bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

   Seminarda mas’ullar tomonidan mahallalardagi saylov ishchi guruhlari a’zolari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berilib, jarayonni o‘tkazish bo‘yicha tushintirishlar berib o‘tildi.

Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
7 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?