Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
Tadbirlar / 2021-12-03

   9 dekabr - xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan joylarda turli tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda. Kuni kecha “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida tashkil davra suhbati ham mazkur sanaga bag‘ishlab o‘tkazildi.

   Jarqo‘rg‘on tuman xokimligida  Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash va Adliya bo‘limlari hamkorligi asosida tashkil etilgan davra suhbatida tumandagi mahallalar raislari ishtirok etdilar. Unda Korrupsiya - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan illat ekanligi, bugungi kunda korrupsiya xavfining oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi Respublikamizda keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganligi bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

    Korrupsiya hammaning dushmani, u barchamizga zarar yetkazadi. Shuning uchun bu illatga qarshi nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, ayni vaqtda keng jamoatchilik ham faol kurashmog‘i lozimligi to‘grisida tushunchlar berildi.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
7 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?