Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
YАNGI OILAVIY BOG‘CНA FAOLIYАT BOSНLADI
Tadbirlar / 2021-12-02

   Jarqo‘rg‘on tumanida 3-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qamrab olish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada tumanda tashkil etilayotgan nodavlat oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni ham kun sayin ortib, bolalarni bog‘chaga qamrab olish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

   Kuni kecha tumandagi “Maslahattepa” mahallasida ham ana shunday nodavlat oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. 183-sonli “Munavvarxon” nomli ushbu bog‘cha 25 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bolajonlar uchun zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Muassasaning ochilish marosimida 24- Surxon saylov okrugidan viloyat deputati M. Mustanova, “Maslahattepa” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi  A. Safarqulov hamda mahalla oqsoqollar ishtirok etdilar.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?