Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
JARQO‘RG‘ON YOSHLARI UCHUN YANGI BIZNES G‘OYALAR
Tadbirlar / 2021-12-02

   Mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor tufayli, ularning turfa g‘oyalarni o‘z ongida aks ettirib, yangiliklar yaratishga bo‘lgan intilishlari kun sayin ortib bormoqda. Bunda ular uchun tashkil etilayotgan turli tadbirlarning o‘rni beqiyosdir.  

   Bugun ham tumanimizdagi 5-sonli musiqa va san’at maktabida yoshlar uchun tashkil etilgan "O‘zbekiston yoshlar forumi - 2021" doirasidagi Biznes marafon bu boradagi tadbirlarning navbatdagisi bo‘ldi. Tumanimizdagi faol yoshlar ishtirok etgan uchrashuvda turli tadbirkorlik yo‘nalishlarida muvaffaqiyatga erishayotgan Cambridge International University, Edu-Action va boshqa qator loyihalar muallifi Umidjon Eshmuhammedov, “Asaxiy books”loyihasi asoschisi Feruzbek Allaev, Islom moliyasi bo‘yicha konsultant, IsBF kompaniyasi direktor o‘rinbosari Kozimxon To‘raevlar tomonidan biznesdagi rejalar, hamkorlik, faoliyatni yo‘lga qo‘yish, marketing va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda o‘zlarining tajribalarini yoshlar bilan o‘rtoqlashdilar.

   Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan biznes sohasi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishib, tadbirkorlik sohasidagi boshlang‘ich ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
4 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?