Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
KO‘TARINKI KAYFIYАTDA O‘TDI
Tadbirlar / 2021-12-02

   3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi tomonidan tumandagi nogironlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari A.Radjabov ishtirok etib, yig‘ilganlarga tuman hokimining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

   Shundan so‘ng, tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan konsert dasturi namoyish etilib, nogironlarga homiylar tomonidan tashkil etilgan sovg‘alar ulashib chiqildi. Tumandagi “Istiqlol”  restoranida, to‘kin dasturxon atrofida yig‘ilgan bayram ishtirokchilari tadbir yakunida tashkilotchilarga o‘z minnatdorliklarini izhor qilishdi.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati.

Ro`yxatdan o`tish
3 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?