Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Jarqo`rg`on tumani hokimligi
SURXONDARYO VILOYATI JARQURG'ON TUMAN DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI BOSHLIG‘I ALMARDANOV ANVAR URALOVICHNING IYUL OYI YAKUNI BO‘YICHA HISOBOTI
Hisobotlar / 2022-08-03

      Prezidentimiz joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrifi chog‘ida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini o‘rganish va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.

      Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga ko‘mak berish uchun muntazam ravishda amaliy ishlar tashkil qilinmoqda.

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi”. Chindan ham, bu tamoyil asosida soliq tizimi xodimlari tadbirkorlarga eng yaqin ko‘makchiga aylangan. Joriy yilning iyul oyida Surxondaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan 54 nafar tadbirkorlik subyektlarining 64 ta muammolari o‘rganilib, imtiyozli kredit olish, dastlabki buxgalteriyasini yuritish, hisobotlarni to‘ldirish va topshirish kabi 40 dan ortiq masalalar bevosita soliq organlari xodimlari ko‘magida hal etildi. Faoliyatini to‘xtatgan 4 nafar tadbirkorlarga amaliy yordam berish orqali faoliyatlarini qayta tiklashga erishildi. 64 ta korxonadagi 132 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi.

    Hech qanday hujjatlarsiz tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 307 nafar fuqarolar bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tib, qonuniy tartibda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydilar.

    Yana bir ma’lumotga e’tibor qarating. Ilgarilari, ayrim fuqarolar biror korxona va idora yoki tashkilotda o‘ziga qulay ish topolmasligi natijasida pensiya yoshiga yetganida nafaqa tayinlash uchun talab qilinadigan mehnat staji yo‘qligi muammosiga duch kelardi. Endilikda, davlatimiz rahbarining 2020-yil 8-iyundagi "Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4742-sonli qaroriga ko‘ra fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan sifatida mehnat stajiga ega bo‘lmoqda. Birgina, Surxondaryo viloyatida joriy yilning 1-avgust holatiga o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 5 ming 324 nafarga yetdi.

    Albatta, soliq qonunchiligiga oid yangiliklar mazmun-mohiyati tadbirkorlarga chuqurroq anglatilsa, uning ijrosi oson kechadi. Shuning uchun ham soliq to‘lovchilar uchun  muntazam ravishda seminarlar tashkil etilib borilmoqda. E’tibor bering, joriy yilning shu davriga qadar o‘tkazilgan 6 ta seminarda 1123 nafar tadbirkorlar ishtirok etdi.

Tadbirkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyat va sharoitlarga qaramasdan ularning orasida soliqlarni vaqtida to‘lamay kelayotganlar ham uchrab turibdi.

   Mana masalan, 11 ta korxonalarning 1,1 mlrd so‘mlik soliq qarzi evaziga ularning mol-mulk ya’ni transport vositalari, noturar obyektlari xatlab olindi. Natijada 34 ta korxona  tomonidan mavjud 1,2 mlrd so‘mlik soliq qarzini to‘lab berdi.

    Yana bir muhim ma’lumotga e’tiboringizni qaratsak, joriy yilning 18-iyul kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda kadastri yo‘q xonadonlar masalasini uzil-kesil hal qilish uchun alohida qonun loyihasi ishlab chiqish belgilandi. Yangi qonun qabul qilinguniga qadar kadastr hujjatlari yo‘q uy-joy egalariga uch karra oshirilgan soliq qo‘llash tartibi to‘xtatib turishga qaror qilindi.

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?